• Pay. Yan 27th, 2022

Oʻzbekiston Respublikasi saylovi jarayonini yoritishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni qanday?

ByHurshid Olimov

Avg 9, 2021

Ommaviy axborot vositalari saylov jarayonida axborot berish, jamoatchilik nazorati sifatida kuzatish, saylovoldi tashviqot va saylovga oid huquqiy targʻibot vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 8-moddasida belgilanishicha, ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday oʻtayotganligini yoritib boradi.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 35-moddasiga asosan, ommaviy axborot vositalari vakillari saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, saylov kuni ovoz berish binolarida, shu jumladan ovozlarni sanab chiqish chogʻida hozir boʻlish huquqiga ega.

Ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov jarayonidagi vakolatlari Markaziy saylov komissiyasi akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

54, 58-moddalariga asosan uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish boshlanganligini ham, tugaganligini ham ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida eʼlon qiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Сайт таржимони