• Pay. Avg 11th, 2022

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʼlimi huzuridagi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Byadmin

Iyul 14, 2021

Muxtaram Prezidentimiz tomonidan, xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va koʼmak” umumxalq harakatini yoʼlga qoʼyish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbusning amalga oshirish mexanizmlaridan biri sifatida Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf – xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr –saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda aholini samarali ijtimoiy qullab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi farmoyishi bilan “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi hamda uning Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) boʼlinmalari tashkil etildi, Jamgʼarma toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi. Jamgʼarma mablagʼlarini sarflash, tasarruf etish Qoraqalpogʼiston Respublika Joʼqorgʼi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) kengashlarining qarorlari asosida amalga oshirilishi koʼrsatilgan. Jamgʼarma mablagʼlari koronavirus pandemiyasi va karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʼp farzandli oilalarga, nogironligi boʼlgan shaxslarga va yolgʼiz qariyalarga, oʼz daromadini yoʼqotgan vaqtincha ishsiz boʼlgan shaxslarga pul mablagʼlari, kundalik isteʼmol tovarlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlar bilan taʼminlash uchun ishlatilishi belgilangan.

Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarga amaliy yordam berish maqsadida “Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʼlimi huzuridagi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi xayrli ishlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, 2-sektor hududidagi Sohilobod mahallasida yashovchi fuqaro K.T tomonidan tuman hokimligi hamda tuman prokurori, sektori rahbariga 2004 yilda tugʼilgan oʼgʼli X.M ogʼir kasallikka chalinganligi va Toshkent shahrida Respublika markaziy shifoxonasida davolanayotganligi, iqtisodiy yetishmovchiligi sababli moddiy yordam soʼrab murojaat etgan edi. Ushbu murojaat tegishli masʼullar tomonidan oʼrganib chiqildi va ushbu fuqaroga «Saxovat va koʼmak» jamgʼarmasidan 8 mln soʼm moddiy yordam koʼrsatildi.

Xuddi shunday, Guliston tumani Chortoq mahallasida yashovchi fuqaro S. Dj. U. vich “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar roʼyxatida turadi. Ushbu fuqaroning buyrak sohasida nuqsoni borligi, hozirgi kunda sogʼligi yomonlashganligi sababli, sogʼligini tiklash uchun pul mablagʼi zarur ekanligi yuzasidan tuman hokimligi hamda sektor rahbariga murojaat etgan. Fuqaroning murojaati ijobiy xal boʼldi. Yaʼni unga buyrak koʼchirib oʼtkazish amaliyoti va davolash uchun 20 mln soʼm mablagʼ “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi mablagʼlari xisobidan amalga oshirildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Guliston tuman boʼlinmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Сайт таржимони