• Pay. Yan 27th, 2022

Qaror va Farmoyishlar

  • Home
  • Qaror va Farmoyishlar

SIRDARYO VILOYATI GULISTON TUMANI HOKIMINING

QARORI

 2021 yil 30 ноябр                                                               175-9-124-Q/21son                                                   Dehqonobod sh-si.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021-yil 29-noyabrdagi 131-9-0-Q/21-sonli qarori  ijrosi haqida.

          O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021-yil 29-noyabrdagi 131-9-0-Q/21-sonli qarori ijrosini ta’minlash barobarida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24- va 242-moddalari, Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirishni tashkil etish maqsadida, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-25-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-sonli qarori hamda Sirdaryo viloyati hokimining 2021-yil 29-noyabrdagi 131-9-0-Q/21-sonli qarori  rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2.Ijrosini ta’minlashda Hukumat Qarori bilan:

Quyidagilar:

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, unda ishtirok etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi “Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti” 1-ilovaga;

qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalarini tasdiqlash hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijarahuquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi “Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamenti” 2-ilovaga;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

tuman (shahar) hokimligi manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar (zaruratga ko‘ra, yilning boshqa davrlarida) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarni tayyorlaydi hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritilishi;

kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan ma’qullangandan so‘ng, tuman (shahar) hokimligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish choralarini ko‘rishi belgilanganligi;

xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish yo‘nalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha loyiha tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi belgilanganligi;

qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini ijaraga olish huquqini qo‘lga kiritish uchun yerning normativ qiymatidan kelib chiqib 30 yil muddatga hisoblanadigan qo‘shimcha to‘lovlar tegishli tuman (shahar) mahalliy byudjeti ga yo‘naltirilishi hamda ularning alohida hisobi yuritilishi;

mablag‘lar qat’iy ravishda investitsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga muvofiq tegishli hududda qishloq va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan sug‘orish tizimlarini yaxshilash, zamonaviy sug‘orish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yer tuzish ishlarini institutsional rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘ngi ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirilishi belgilanganligi nazarda tutilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 476-sonli qaroriga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilganligi inobatga olinsin.
  2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o‘rinbosari M.Rahmonberdiyev zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi                                                                                         S.Begimqulov

Сайт таржимони